Chimgan SF rusumli traktorlar Xitoyning mashxur Shifeng zavodi loyixasi asosida ishlab chiqarilgan, Chimgan zavodi tomonidan 2008 yildan beri import qilinayotgan eng ko`p sinovdan o`tgan traktor modellaridir. Ushbu traktorlar bort qismining mukammalligi, zamonaviy ichki bort reduktor bilan jihozlangani hisobiga ancha yuqori samaradorlikga ega.
Chimgan SF modellari WeiChai dvigatellari bilan jihozlangan va yuqori tejamkorlikga ega. Bu modellar shudgorlash, frezalash, ekish, sug'orish va boshqa shu kabi turli xil vazifalarni samarali bajarish uchun barcha imkoniyatlarga ega. Bort reduktorlar kuzovning ichki qismida joylashtirilgani va qo`shimcha pnevmatik tormoz tizimi mavjudligi hisobiga bu traktor boshqa bortovoy traktorlarga nisbatan ancha tez harakatlana oladi.
Chimgan zavodi Shifeng brendining O`zbekistondagi eksklyuziv hamkori. Ushbu modeldagi traktorlarni O`zbekistonda faqat Chimgan zavodidan harid qilishingiz mumkin.
Agar siz ushbu marka va modeldagi traktorlarni sotib olmoqchi bo'lsangiz, ularni biz va qishloq xo'jaligi texnikasiga ixtisoslashgan rasmiy dilerlarimizdan harid qilishingiz va Chimgan rasmiy kafolatiga ega bo`lishingiz mumkin. Narx model va spetsifikatsiyalarga qarab farq qilishi mumkin.